Xitoyda yana ko‘rshapalaklarni iste’mol qilish boshlandi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishLetuchiya mish
Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Epidemiya yakunlangach, xitoyliklar yana ko‘rshapalaklarni iste’mol qilishni boshladilar. Xitoy bozorlarida xalq tabobati vositalari sifatida chayon bilan birga ko‘rshapalaklar sotilmoqda

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Xitoy aholisi koronavirus epidemiyasi ortda qolganidan keyin ko‘rshapalaklarni iste’mol qilishga qaytdilar, deb xabar qilmoqda Daily Mail.

Letuchaya mish – netopir-karlik. - Sputnik O‘zbekiston
Biolog koronavirus pandemiyasi qachon tugashi mumkinligini aytdi

Xitoy bozorlarida xalq tabobati vositasi sifatida chayon bilan birga ko‘rshapalaklar sotilishi boshlab yuborilgan.

Nashr muxbiri shaxsan Guylindagi odam gavjum bozorda bo‘lgan. Bu yerdagi vaziyat unga epidemiyadan oldingi holatni eslatgan. Uy hayvonlarining zang bosgan qafaslarda saqlanishini, yerda esa qonga belangan hayvon tanalari sochilib yotganini ko‘rish mumkin.

Bozorda "kun taomi" avvalgidek kuchuk va mushuk go‘shti. Xitoy janubidagi Dunguanda ham shunday bozor ishga tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil oxirida Uxanda yangi turdagi koronavirus epidemiyasi boshlangan edi. Keyinchalik Xitoy olimlari odamga infeksiya ko‘rshapalakdan yuqtirilganini aniqlashdi. Ular Uxan go‘sht bozorida sotilgan. Mutaxassislar aynan ko‘rshapalaklardan insonlarga o‘ta xavfli bo‘lgan o‘ndan ortiq o‘lim virusini tashuvchisi yuqtirilgan, deb hisoblaydilar.

Yangiliklar lentasi
0