Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tanlov o‘tkaziladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Nukuse sostoyalas voyenno-sportivnaya estafeta
V Nukuse sostoyalas voyenno-sportivnaya estafeta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

V Ministerstve oboroni obyasnili poyavlenie voyennoy texniki na ulitsax Tashkenta.  - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi Toshkent ko‘chalarida nega harbiy texnikalar paydo bo‘lganini tushuntirdi

Qaror bilan Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda tanlovning tashkiliy ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, tanlov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar harbiy-ma’muriy sektorlari (harbiy-ma’muriy sektorlar) o‘rtasida har yili 1-yanvardan 20-dekabrgacha o‘tkaziladi.

Mudofaa vazirligi har yili 1-yanvarda tanlovni e’lon qiladi.

Harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar nizomda qayd etilgan mezonlar asosida baholanadi.

Tashkiliy ishchi guruh har yili 25-dekabrgacha tanlovning yakuniy natijalari g‘oliblarini bayonnoma bilan rasmiylashtirib, harbiy-ma’muriy sektorlarga elektron shaklda yuboradi.

Tanlov natijalari har yili yanvar oyida “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida o‘tkaziladigan tantanali tadbirda e’lon qilinadi va g‘oliblar taqdirlanadi.

Yangiliklar lentasi
0