Mudofaa vazirligi Toshkent ko‘chalarida nega harbiy texnikalar paydo bo‘lganini tushuntirdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Ministerstve oboroni obyasnili poyavlenie voyennoy texniki na ulitsax Tashkenta.
V Ministerstve oboroni obyasnili poyavlenie voyennoy texniki na ulitsax Tashkenta.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi matbuot kotibi karantin davrida harbiy texnikalarning jalb qilinishidan ko‘zlangan maqsad nima ekanini aytdi.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov Toshkent ko‘chalarida nega harbiy texnikalar paydo bo‘lganini tushuntirdi.

Uning AOKAdagi brifingda ma’lum qilishicha, har kuni poytaxt ko‘chalarida, viloyat va tuman markazlarida, aholi yashash punktlarida fuqarolarni karantin qoidalariga rioya qilishlari, besabab ko‘chalarga chiqmasliklari bo‘yicha harbiy texnikalar yordamida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot ishlariga jalb qilingan BRDM-2 zirhli texnika bazasidagi ZS-82 ovoz uzatkichli moslama aynan targ‘ibot va munozaralar o‘tkazishga mo‘ljallangan.

Uning ovoz uzatish quvvati 6 km masofagacha yetadi. Shahar va aholi yashash punktlarida har bir ko‘chaga kirib-chiqish kabi ishlarni yengillashtirish maqsadida ushbu texnikalar jalb qilinmoqda.

“Aholi o‘rtasida vahima va sarosima gaplar tarqalishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shunday ekan, ko‘chalarda milliy armiyaning harbiy texikalari va harbiy xizmatchilarining harakatlanishini turli xil muhokamalarga va vahimalarga yo‘yish o‘rinsiz”, - dedi Bahrom Zulfiqorov.
Yangiliklar lentasi
0