Koronavirus zaiflashmoqda - virusolog

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishV Zabaykalye postupila test-sistema dlya opredeleniya antigena koronavirusa
V Zabaykalye postupila test-sistema dlya opredeleniya antigena koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus dunyoning barcha mamlakatlarida zaiflashmoqda, birozdan so‘ng u oddiy tomoq yo‘llari shamollashiga o‘xshagan kasallikka aylanadi, dedi italiyalik shifokor.

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. Koronavirus infeksiyasi so‘nggi 3 oy ichida sezilarli darajada zaiflashgan, demak kuzda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini bo‘lmaydi. Bu haqida italiyalik taniqli virusolog, Vita-Salut San-Raffayele universiteti prorektori Massimo Klementi ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan. 

"May oyida bizning shifokorlar kasalxonaga yotqizilgan koronavirus bilan kasallangan bemorlarning og‘irlik darajasi asta-sekin pasayishini qayd etdilar. Bu nafaqat bemorlarning qisqarishi, balki reanimatsiya bo‘limida davolanishga muhtoj bo‘lganlar sonining kamayishi, xususan, pnevmoniya tufayli reanimatsiyaga tushganlar soni kamaydi. Shu bilan birga, uyda davolanishi mumkin bo‘lgan yuqtirganlar soni ko‘paydi", - dedi professor.

Klementi aytishiga qaraganda, San Raffayele kasalxonasining mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasi xodimlari tadqiqot o‘tkazishgan. Ular 1-martdan 15-martga qadar va may oyining ikkinchi yarmida 100 nafar bemorda virus bosimini (biologik suyuqlikning ma’lum miqdorida viruslar soni)ni solishtirib ko‘rishgan. Shunda ma’lum bo‘lishicha mart oyining boshida mart oyining boshida virus bosimi o‘nlab baravar yuqori bo‘lgan. "Bu muhim natija" dedi italiyalik olim.

Noviy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
"Korona"dan kuchliroq virus paydo bo‘lishi mumkin - epidemiolog

"Virus bosimining pasayishi - virusning zaiflashayotganidan darak beradi. Hozircha biz buni aniq aniqlik bilan ayta olmaymiz, lekin, ehtimol, aynan shunday", - dedi shifokor.

Klementi aytishiga qaraganda, virus jug‘rofiy joylashuvidan qat’iy nazar barcha mamlkatlarda bir xil zaiflashmoqda. "Yaqin orada yangi virus shu qadar zaiflashadiki, u odamlarda oddiy nafas olish yo‘llari shamollashini keltirib chiqaradi", - deydi virusolog.

Ma’lumot uchun, 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyoda koronavirus pandemiyasini e’lon qilgan edi. Bugungi kunda dunyoda 7 millinan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 404 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0