"Korona"dan kuchliroq virus paydo bo‘lishi mumkin - epidemiolog

© AP PhotoNoviy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV
Noviy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiyot fanlari doktori, professor Igor Gundarov kelgusida COVID-19dan xavfliroq infeksiya paydo bo‘lishi mumkin deb aytdi

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Tibbiyot fanlari doktori, professor Igor Gundarov kelgusida COVID-19dan xavfliroq infeksiya paydo bo‘lishi mumkin deb aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident RF V. Putin posetil bolnitsu v Kommunarke - Sputnik O‘zbekiston
Putin bilan uchrashgan bosh shifokorda koronavirus aniqlandi

Hozirgi pandemiya bartaraf etilgandan so‘ng koronavirusdan xavfliroq virus paydo bo‘lishi mumkin.

"Xususan, koronavirus grippdan ham kuchliroq bo‘lib chiqdi. Keyingi kasallik yanada tajovuzkor bo‘lishi mumkin", - dedi Gundarov.

Professor fikriga ko‘ra, COVID-19 keng tarqalishining sababi boshqa kasalliklar bilan kurash bo‘ldi. So‘nggi 15-yil ichida emlanish tufayli A va B tipidagi gripp deyarli kamaydi.

“Inson sog‘liqni saqlash yutuqlari tufayli deyarli gripp yo‘q bo‘ldi. Uning o‘rniga koronavirus shtammi ko‘paydi. Etik bilan bir virusni bosib, uning o‘rnida boshqa virusni o‘stirdik”, - dedi Gundarov.

BSST mart oyi boshida koronavirus infeksiyasi tarqalishini, pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 750 mingdan ortiq kishi virusga chalindi, 36 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0