Internetda katta rezonans uyg‘ongan qonun loyihasi muhokama qilindi

© Ministerstvo yustitsii UzbekistanaObsujdenie proyekta zakona "O gosudarstvennoy grajdanskoy slujbe"
Obsujdenie proyekta zakona O gosudarstvennoy grajdanskoy slujbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. Bugun, 11-iyun kuni Adliya vazirligida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar qildi ushbu vazirlik matbuot xizmati.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Adliya vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Xabarda aytilishicha, 22-maydan 6-iyungacha “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamiyat muhokamasiga qo‘yildi. Shu davr ichida portalga qariyb 220 ta taklif va izoh kelib tushdi. Ta’kidlash lozimki, qonun loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans uyg‘otdi.

Matbuot anjumanida qonun loyihasini ishlab chiqqan mutasaddi davlat tashkilotlari mutaxassislari taklif etilayotgan qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi, fuqarolardan kelib tushgan takliflarga izoh berdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Qonun loyihasi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun huquqiy baza yaratish maqsadida ishlab chiqilgani qayd etildi.

“Loyiha O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi farmoni bilan mustahkamlab qo‘yilgan davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek ilg‘or xorijiy tajriba, nufuzli xalqaro tashkilotlar, milliy ekspertlar tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan”, - deyilgan xabarda. 

Zdanie Ministerstva yustitsii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

Qonun loyihasining 3-moddasida ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va Oliy Majlis Senati a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari hamda sudyalardan tashqari barcha O‘zbekiston Respublikasi davlat fuqarolik xizmatchilariga tatbiq etilishi belgilab qo‘yilgan. Dunyo tajribasiga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar fuqarolik xizmatchilariga emas, siyosiy xizmatchilar toifasiga kiradi.

Umumiy qoidaga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlarda davlat xizmatchilari fuqarolik va siyosiy xizmatchilarga bo‘linadi. Ommaviy sektor xizmatchilari sirasiga kiruvchi siyosiy xizmatchilar (parlamentariylar, sudyalar, hukumat a’zolari va h.k.), oliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari ishini tashkil qilishni ta’minlovchi ishonchli shaxslar odatda davlat xizmati to‘g‘risidagi namunaviy qonunlarning tartibga solish doirasidan chetlashtirilgan. Ularning maqomi maxsus hujjatlar bilan tartibga solinadi. Davlat xizmatchilari bilan taqqoslaganda davlatning siyosiy lavozimlariga nisbatan doim ham mehnat qonunchiligi amal qilavermaydi, chunki ular xalq yoki deputatlar tomonidan saylanadi yoki yuqori turuvchi organlar tomonidan tayinlanadi, mos ravishda mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilmagan asoslarga ko‘ra lavozimidan ozod etilishi mumkin. Boshqacha aytganda, davlat fuqarolik xizmatini tartibga soluvchi normalar siyosiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

“Mutaxassislar fikricha, qonun loyihasida davlat xizmatchilarining qandaydir toifalarini o‘z daromadi va mulkini majburiy ravishda deklaratsiya qilish tizimidan mustasno qiluvchi normalar mavjud emas. Loyihaning 3-moddasi faqatgina uning qo‘llanish sohasini belgilab beradi, chunki deklaratsiya qilish bilan birga, loyiha davlat xizmati bilan bog‘liq boshqa keng ko‘lamli masalalarni ham tartibga soladi. Biroq, bu hech qanaqasiga mansabdor shaxslarni ma’lum bir toifasini majburiy deklaratsiya tizimi yoki davlat xizmatining boshqa umumiy tamoyillaridan chiqarib tashlanishidan dalolat bermaydi. Bundan tashqari, loyihada Hukumat a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va a’zolari, hokimlarga nisbatan u boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismida amal qilishi ko‘zda tutilgan.

Nari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna - Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi: Aktivlarni qaytarishda Gulnora Karimovaning roli umuman yo‘q

Shu bilan bir qatorda, davlat fuqarolik xizmatini kompleks ravishda huquqiy jihatdan tartibga soluvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonun, jumladan nomzodlarni mustaqil ravishda tanlov asosida saralab olish, davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini baholash mezonlari va uning vakolatlarini belgilab beruvchi tartib-taomillar, ularning malakasini oshirishga qo‘yilgan talablar mavjud emas.

Dunyo tajribasi davlat xizmatchilari daromadi va mulkini deklaratsiya qilish bilan bog‘liq masalalar alohida qonunchilik hujjatlari yoki korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog‘liq hujjatlar bilan tartibga solinishini ko‘rsatmoqda. Prezidentning 2019-yil 3-oktabrdagi farmoniga muvofiq davlat xizmatchilari tomonidan o‘z daromad va mulkini majburiy ravishda deklaratsiya qilish tizimini izchil joriy etish bo‘yicha meyoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlanmoqda.

Tadbir davomida jamoatchilik fikri va xorijiy tajribani hisobga olgan holda agar biri ikkinchisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobe yoki nazorat ostida bo‘lsa yaqin qarindoshlarning bitta davlat tashkilotida lavozim egallashiga imkon beruvchi qoidalar qayta ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, mansabdor shaxslar va ularning oila a’zolari tomonidan xorijiy davlatlar banklarida hisob raqami ochish, xorijda qimmatbaho buyumlar saqlash va ko‘chmas mulkka egalik qilish huquqi bilan bog‘liq masalalarni qo‘shimcha ravishda o‘rganilishi qayd etildi,” – deyilgan xabarda.

Mutaxassislar jurnalist va blogerlarning qonun loyihasiga doir savollariga javob berdi.

Yangiliklar lentasi
0