Adliya vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan Muzraf Ikromov va Bahrom Qo‘chqorov adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan Muzraf Ikromov va Bahrom Qo‘chqorov adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Muzraf Ikromov o‘z mehnat faoliyatini 1995-yilda O‘zbekiston Adliya vazirligi iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va meyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

2019 yildan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Bahrom Ko‘chqorov esa o‘z mehnat faoliyatini 1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qonun va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

2017 yildan 2020-yil 5-martga qadar O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0