TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi boshlangan buyon 831 642 ta test tahlillari o‘tkazilgan. Bu haqda AOKAdagi brifingda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, virusologik laboratoriyada oxirgi bir kunda 17 798 ta koronavirusga test tahlili tekshirilgan.
Epidemiologik vaziyat noxush bo‘lgan davlatdan kelgan bemorlar 46 812 nafarni tashkil etadi. Ulardan 23 153 nafari uy sharoitida karantinda. Statsionar sharoitda esa 23 659 nafar bemor ustidan tibbiy nazorat o‘rnatilgan.
Hozirga qadar mamlakatda 4547 kishida koronavirus aniqlangan. Shulardan 3475 nafari (76 foizi) tuzalib ketgan. Virusdan jami 18 ta o‘lim holati kuzatilgan.