TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar top-10 reytingiga Ravon Nexia R3 avtomobili yetakchilik qildi. May oyida mamlakatda 1007 dona model sotilgan. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ axborot xizmati xabar qilmoqda.
Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston avtomobil bozorida savdo 2019-yilning shu davri bilan taqqoslaganda 6% o‘sgan. O‘tgan yili Qozog‘istonda 3 536 dona Ravon Nexia R3 sotilgan.
Bundan tashqari, Ravon rusumi Qozog‘iston bozorida yetakchilik qilayotgan TOP-5 brendlar ro‘yxatiga kirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyidan buyon UzAuto Motors Qozog‘istonda avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotishni boshladi.