UzAuto Motors Belarusda Chevrolet brendi ostida avtomobillar sotishni boshladi

© FacebookSalon kompanii UzAuto
Salon kompanii UzAuto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chevrolet brendi ostida Belarus Respublikasi avtomobil bozorida namoyish etilgan birinchi modellar Spark, Nexia va Cobalt bo‘ldi.

TOShKENT, 24-may - Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet brendi ostida Belarusda avtomobillar sotishni boshladi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Belarus avtomobil bozorida taklif etilayotgan Chevrolet brendi ostidagi birinchi modellar Spark, Nexia va Cobalt bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

Avtomobillarning birinchi partiyasi Chevrolet brendi qimmatbaho avtomobillarining rasmiy dileri bo‘lgan "Multimotors" avtomarkaziga yetkazib berildi va hozirda UzAuto Motors kompaniyasi bilan Chevrolet rusumidagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha yangi dilerlik shartnomasi tuzildi.

Avtosalon GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
UzAuto Motors qisqa muddatli aksiya e’lon qildi

Ta’kidlanishicha, ushbu mashinalarning asosiy afzalligi pul/narxning maqbul nisbati, shu jumladan jihozlanishi.

Tashqi bozorlarda Chevrolet brendidan foydalanish huquqi UzAuto Motors kompaniyasiga jahon avtomobilsozlik sanoatining yetakchilaridan biri bo‘lgan General Motors tomonidan avtomobillarning yuqori sifati talluqli standartlarga to‘liq javob berganligi tufayli taqdim qilingan.

Fevral oyida UzAuto Motors 2020-yil mart oyidan Chevrolet brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarni Rossiya, Qozog‘iston va Belarusga yetkazib berish boshlanishi haqida xabar bergan.

Yangiliklar lentasi
0