Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini pasaytirdi

© BRENDAN SMIALOWSKI / AFPShtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirdi. Shu bilan birga, mamlakat mintaqada iqtisodiyoti o‘sishda davom etadigan yagona davlat bo‘lib qoladi.

TOShKENT, 9-iyun - Sputnik. Jahon bankining yangi hisobotida 2020-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi bo‘yicha prognozi 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida iqtisodiyoti o‘sishda davom etadigan yagona mamlakatdir. Boshqa mamlakatlarning, Turkmanistondan tashqari, yalpi ichki mahsuloti salbiy tomonga o‘zgaradi: ularning yalpi ichki mahsuloti avvalgi darajada saqlanib qoladi. 2021-yilda Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 6,6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda.

Natsionalniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yilda O‘zbekiston YaIMi sezilarli o‘sadi - YeTTB

“COVID-19 pandemiyasi xom ashyo mahsulotlari narxining tushib ketishi, global va mintaqaviy qiymat zanjirida uzilishlar paydo bo‘lishiga olib kelgani Yevropa va Markaziy Osiyo  mamlakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mintaqa mamlakatlarida koronavirus tarqalishining kengayishi ichki talabning qisqarishini kuchaytirdi, ta’minotdagi uzilishlarni chuqurlashtirdi va iqtisodiy faoliyatning katta qismi to‘xtashiga olib keldi”, - deyiladi hisobotda.

Valyutalarning nisbiy zaifligi qarz xarajatlari oshishiga va eksportning keskin pasayishi to‘lovlar balansidagi zo‘riqish kuchayishiga olib keldi.

Ushbu inqirozga javoban, mintaqadagi ko‘plab mamlakatlarning markaziy banklari pul-kredit tizimini qo‘llab-quvvatlamoqda, hukumatlar o‘z mamlakatlarining valyutalarini barqarorlashtirish va o‘zgaruvchanlikni kamaytirish maqsadida valyuta bozorlariga kirib bormoqda.

Iqtisodiy faoliyat uchun oqibatlar o‘ta noaniqlik bilan tavsiflanadi va pandemiya kuchayishi sharoiti va ishbilarmonlikdagi pasayish chuqurlashishida yanada jiddiyroq tus olishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0