Kelgusi yilda O‘zbekiston YaIMi sezilarli o‘sadi - YeTTB

© Commons.wikimedia / Or2008Natsionalniy bank Uzbekistana
Natsionalniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilda Markaziy Osiyoda iqtisodiyotlar o‘rtacha 1,2%ni yo‘qotadi, ammo 2021-yilda 5,8% gacha tiklanadi - YeTTB prognozi.

TOShKENT, 13-may - Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki global iqtisodiyotning kelgusi yil uchun yangi prognozini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, aksariyat davlatlarda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishi kutilmoqda. Biroq, istisnolar ham mavjud - bu O‘zbekiston, Turkmaniston va Misr.

Yevropeyskiy bank rekonstruksii i razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
YeTTB O‘zbekiston banklariga 220 mln dollar kredit ajratadi

Hujjatda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 1,5% gacha pasayadi, ammo 2021-yilda eksportning tiklanishi va ichki talabning o‘sishi fonida iqtisodiyot o‘sishi 6,5% gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz 2019-yilda O‘zbekiston YaIMi 5,6%ga o‘sgan edi. 

Yilning birinchi choragida YaIM 4,1 %ga o‘sdi, ammo mutaxassislarning fikriga ko‘ra, karantin tadbirlarining ta’siri kuchaygan ikkinchi chorakda bu ko‘rsatkich pasayishi mumkin.

2020 yilning birinchi choragida, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda tovarlar va bozorlar turlicha bo‘lishiga qaramay, eksport hajmi 11 %ga kamaydi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan). 2019-yilda butun eksportning qariyb 50 foizi tovarlar eksportiga to‘g‘ri keldi va tovarlar eksportining yarmidan ko‘pi oltin hissasiga to‘g‘ri keldi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Xitoy 2019-yilda O‘zbekiston uchun asosiy bozor bo‘lgan, ammo uning umumiy eksportdagi ulushi atigi 14 foizni tashkil etgan (asosan gaz eksporti).

Yevropeyskiy bank rekonstruksii i razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
YeTTB 2018-yilda O‘zbekistonda 15 loyihani amalga oshirmoqchi

Xususiy sektorni kreditlashdagi faol o‘sish (2019 yilning dekabrida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26% ga o‘sishi) zaiflik manbai bo‘lishi mumkin, chunki ushbu iqtisodiy tanazzul davrida biznes kreditlarni qaytarish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin. Bularning barchasi bank tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamayadi, bundan aholining eng zaif qatlamlari jabr ko‘radi. Turizm va mehmondorchilik sohalari ham koronavirus inqirozi birinchi navbatda ta’sir ko‘rsatgan sohalar qatoriga tushdi.

O‘rta hisobda, YeTTBning sherik-davlatlarida iqtisodiy pasayish 3,5% darajasida bo‘ladi. Agar ijtimoiy uzoqlashtirish choralari kutilganidan uzoqroq vaqt davomida qo‘llanilsa, turg‘unlik yanada yomonroq kechishi mumkin va ko‘rsatkichlar 2019-yil darajasigacha ko‘tarilmaydi, va ehtimol yana bir necha yil davomida.

Markaziy Osiyoda iqtisodiyotlar o‘rtacha 1,2% yo‘qotadi, ammo 2021-yilda 5,8% gacha tiklanadi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston iqtisodiyotni sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud manbalardan foydalanmoqda. Biroq, Qirg‘iziston, Mongoliya va Tojikiston jiddiy cheklangan moliyaviy imkoniyatlardan va katta qarzlardan aziyat chekmoqda.

Yevropeyskiy bank rekonstruksii i razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
YeTTB O‘zbekistonga 2018-yil oxiriga qadar 300 mln $ ajratadi

Neft va gaz eksportchilari (masalan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston) iqtisodiyotga karantin choralarining salbiy ta’sirini yumshatish uchun katta moliyaviy ko‘mak va xalqaro mablag‘larga tayanishi mumkin bo‘lsa-da, ushbu mamlakatlar energiya manba’lariga talabning keskin pasayishi tufayli o‘zlariga bosimni his qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, YeTTB rahbari COVID-19 bilan bog‘liq karantin choralari joriy qilinishidan oldin O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Mart oyi boshida u Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Suma Chakrabarti YeTTB O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va hamkorlik portfelini tubdan kengaytirishga tayyorligini tasdiqladi.

Alohida e’tibor infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishga, bank sektori rivojlanishi, to‘qimachilik va sanoatning boshqa sohalarini, kichik biznes tashabbuslariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0