Kalashnikov avtomati qaysi davlatlarda ishlab chiqariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoyennie Uzbekistana - Gurumsaray poligon - ucheniya.
Voyennie Uzbekistana - Gurumsaray poligon - ucheniya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kalashnikov avtomati – Rossiya sifatining timsoli hisoblanadi: yuqori jangovar ko‘rsatchichlarga ega, har qanday sharoitda muammosiz qo‘llasa bo‘ladi. Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko Sputnik'ga AK qayerda ishlab chiqarilishi to‘g‘risida so‘zladi.

Samaradorlik, soddalik va ishonchlilik jihatidan Kalashnikov dunyodagi eng yaxshi avtomat deb hisoblanadi, 55 mamlakatda armiyaning qurollanishiga qabul qilingan va turli vaqt mobaynida 12 ta davlatda litsenziya asosida ishlab chiqarilgan. Biroq, bugungi kunda dunyodagi 100 million Kalashnikov avtomatlaridan yarmi - qalbaki (kontrafakt), litsenziyasiz yoki hukumatlararo kelishuvsiz ishlab chiqarilgan. Muddati o‘tgan litsenziya asosida yoki umuman hech qanday hujjatsiz AK 10 dan ortiq davlatda, shu jumladan NATO - Bolgariya, Vengriya va Ruminiyada ishlab chiqariladi. Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan Kalashnikovlarning ulushi dunyoning qariyb 10 foizini tashkil qiladi va yaqin vaqtgacha Rossiya har yili xalqaro bozorda yuz millionlab dollar yo‘qotgan.

Noviy avtomat iz SShA - kopiya AK-47 - Sputnik O‘zbekiston
AQShda yangi avtomat namoyish etildi - u Kalashnikovning o‘zginasi

Ozarbayjon 2011-yilda AK-74M avtomatini litsenziyali ishlab chiqarishni boshladi. 2010-yilda “Rosoboroneksport” bilan shartnoma imzolangan, 10-yilga mo‘ljallangan, har yili 12 ming litsenziyali AK-74 ishlab chiqarish mo‘ljallangan – bu faqat milliy qurolli kuchlari uchun. Ozarbayjonda ishlab chiqariladigan 5,45 mm “Xazri” versiyasi tunda ko‘rish qurilmasi, lazer nishonga olish tizimi, yorug‘lik va nishonga olish qurilmalarini o‘rnatish imkoniyati bilan farqlanadi. Birinchi bosqichda Rossiya ehtiyot qismlaridan yig‘ilgan va Ozarbayjon Mudofaa Sanoat Vazirligi 2011-yilda 5 ming dona  AK-74M “Xazri” avtomashinalarining birinchi partiyasini topshirdi.

Osiyo va Afrika

Koronavirus pandemiyasi tufayli, Hindiston va Rossiya iyun oyining boshlarida Korvadagi qo‘shma Rossiya-Hindiston korxonasida AK-203 avtomatini ishlab chiqarish shartlari (tijorat narxi) bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi, biroq 670 - 750 ming dona Kalashnikov avtomati hamkorlik yo‘nalishida muvaffaqiyatga ega bo‘ladi.

Loyiha AK-203 avtomatini ishlab chiqarish texnologiyasini to‘liq Hindistonga berish va uchinchi davlatlarga eksport qilish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘tgan yilning mart oyida AK ishlab chiqarish uchun hind-rus qo‘shma korxonasi Indo-Russian Rifles Private Limited tashkil etish to‘g‘risida ma’lum qildi. Hindiston - Kalashnikov “200” seriyasi ishlab chiqariladigan birinchi uzoq xorij davlat bo‘ladi.

Bronetrasporter - Sputnik O‘zbekiston
O‘zi otar avtomat, suv ostida yuruvchi robot: o‘zbek harbiylarining yangi ixtirolari - video

Kalashnikov avtomatlarining litsenziyalangan ishlab chiqarish Rossiya va Afrika mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Yoxannesburgdagi “Afrika Aerospeys and difens 2016” qurollari ko‘rgazmasida muhokama qilingandi.

Misrda “Kalashnikov” avtomati asosida “Misr” avtomati ishlab chiqarilmoqda, u Misr armisi qurollangan. Misr - AKMning to‘liq nusxasi, sifat va ko‘rsatkichlar bo‘yicha originaldan ortda qoladi.

XX asrning 50-yillari oxirida Xitoy Kalashnikov avtomashinalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi va uzoq vaqt davomida Xitoyning "Tip-56" modeli Osiyo mamlakatlariga faol ravishda eksport qilindi. Qo‘shni Vyetnam STL-1A belgisi ostida AKMning modernizatsiya qilingan versiyasini chiqarmoqda va bu AKM va AK-103 simbiozidir.

Sharqiy Yevropa

Vengriya Kalashnikov avtomatini ishlab chiqarish uchun litsenziyani olgan birinchi mamlakat bo‘ldi, AK-55 (sovet modelining to‘liq nusxasi) 1955-yilda ishlab chiqarishni boshladi. Sovuq urush davrida Vengriya tomonidan litsenziya asosida ishlab chiqarilgan AKM – AM-63 (modernizatsiya qilingan AK-55) va AMD-65 versiyalari – hozirgacha Vengriya armiyasi qurollangan.

Kalashnikov avtomatlarining Bolgariyada ishlab chiqarishi 1960-yillarda “Arsenal” qurol zavodida (hozirgi Arsenal kompaniyasi) boshlangan va 30-yildan ortiq vaqt davomida Bolgariya avtomati sovet davrining to‘liq nusxalari bo‘lgan. So‘ngra faqat “o‘zining” AKM va AK-74 moditsifikatsiya ishlab chiqarish boshlangan, ular faqat farnitura va NATO kalibri (5.56x45 mm o‘lchamdagi patron) bilan farq qiladi. Yaqin vaqtgacha Bolgariyaning "Arsenal" kompaniyasi ko‘p miqdorda avtomat ishlab chiqargan, hatto Kalashnikov avtomatini AQShga ham sotgan.

Mujchina s ognestrelnim orujiyem - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi eng mitti avtomat namoyish qilindi - video

Polsha sovuq urush yillarida AK litsenziyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, 1990-yillar boshida Polsha armiyasi KbK vz.88 Tantal avtomati (modifikatsiya AK-74M) bilan qurollandi. Keyinchalik Tantal asosida KbKs wz.96 Beryl 5,56 mm avtomati yaratildi, u hozir ham Polsha armiyasi askarlarining quroli hisobladi.

Ruminiya Kalashnikov avtomatining RM md.65 va RA md.86 versiyalari ishlab chiqargandi. Oxirgi versiya Ruminiya AKdan litsenziya sotib olishdan bosh tortgandan keyin paydo bo‘ldi, bu avtomat 5.45 mm kalibrga moslashtirilgan va hozirgi vaqtgacha Ruminiya armiyasi qurollangan.

Serbiya qurolli kuchlarining M70 avtomati ham AKM konstruksiyasiga asoslangan. M70AB3/B3 ozgina modernizatsiya qilingan versiyada serbiyalik Zastava Arms kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Finlyandiya AK klonlarining eng sifatligisi hisoblanadi. Finlyandiya armiyasining Rk.62 Valmet avtomati 1962-yilda seriyali ishlab chiqarish boshlangan, u asosiy AK sxemasini to‘liq saqlab qoldi (faqat “gaz trubka” va “stvol korobka qopqog‘i” nishonga olish moslamasi o‘zgartirilgan). Finlyandiya Sako Rk.62 modernizatsiya qilingan versiyani Rk.95TP nomida ishlab chiqaradi.

12,7 mm shturmovoy avtomatniy kompleks ShAK-12 - Sputnik O‘zbekiston
Amerikalik ekspert Rossiyaning yangi avtomatini baholadi

Noaniq Amerika

2010 yildan boshlab Venesuela 7,62 mm kalibrli patron uchun "yuzinchi seriyali" AK-103 rusumli Kalashnikov avtomatlarining litsenziyali ishlab chiqarilishini boshladi - bu noldan yaratilgan qonuniy ishlab chiqarishning yorqin namunasidir.

Rossiya litsenziyasi iste’molchiga (armiyaga) haqiqiy sifat (jangovar samaradorlik), mudofaa sanoati - xalqaro bozorda munosib va ​​doimiy daromadni (obro‘sini yo‘qotmasdan) kafolatlaydigan yagona madaniyatli usuldir.

Amerika Qo‘shma Shtatlari, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 1970-yillarda AK texnik hujjatlarini olgan. Muddati tugaganidan keyin hujjat qonuniy kuchini yo‘qotdi, ammo bu hech qachon Bolgariya qurol zavodining ruxsati bilan AQShda Kalashnikov avtomati ishlab chiqarishning samarali bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi.

Avtomat v rukax voyennoslujashego - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada kichkina “Kalashnikov” avtomatlari ishlab chiqariladi

2014 yil boshida “Kalashnikov” konserni RWC bilan AQSh va Kanadaga 5-yil davomida qurol yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzoladi va yiliga 80 mingdan 200 ming donagacha eksport hajmi (fuqarolik qurollarining 90 foizi aynan AQSh uchun mo‘ljallangan).

G‘arbiy sanksiyalar faqatgina amerikaliklarning turli xil (qurol va ov qurollari, o‘q-dorilar) “Kalashnikov” mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi. Xaridorlar Rossiyada ishlab chiqarilgan AKlarni 1500 dollar evaziga olishni istaydilar, ular uchun bu sifat kafolati.

Kalashnikovning tarixi deyarli barcha qit’alarda davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0