Aktor Dueyn Jonson AQShning navbatdagi prezidenti bo‘ladimi?

Obuna bo‘lish
Amerikalik mashhur aktor Dueyn Qoya Jonsonning instagramda irqchilikka qarshi aytgan nutqi juda ko‘p amerikaliklarga manzur bo‘ldi. Ayrim OAVlar buni hatto "Prezidentga xos nutq" deb atadi.

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. “Qoya” nomi bilan mashhur bo‘lgan aktor Dueyn Jonson AQShning navbatdagi prezidenti bo‘lishi mumkinmi? Amerika va angliyalik bukmeykerlar saylovchilar orasida ommaviylik bo‘yicha unga Donald Tramp va Jo Baydendan so‘ng uchinchi o‘rinni berishmoqda deb xabar qilmoqda Newsweek nashri.

Prezident SShA Donald Tramp vo vremya sammita G7 v Biarritse - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya dushman emas. AQSh sobiq davlat kotibi Trampning noto‘g‘ri yondashuviga ishora qildi

Vaholanki, Dueyn Jonsonning o‘zi prezidentlikka hatto nomzodini ham qo‘ygan emas. Lekin bir necha yil oldin Jonson intervyuda aktorlik karyerasidan so‘ng siyosat bilan shug‘ullanishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Hammasi Jonsonning 4-iyun kuni instagrammda chop etgan videomurojaatidan so‘ng boshlandi. O‘zining qisqa murojaatida Dueyn Qoya Jonson shunday degan edi:

“Mamlakatimiz tanazzulga yuz tutib va tiz cho‘kib, o‘zgarishlarni iltimos qilib  turgan vaqtda, bizning rahmdil rahbarimiz qani?

Bizning eng og‘riqli damlarimizda bizga juda zarur bo‘lgan paytda birlashtiradigan va ilhomlantiradigan rahbar. Mamlakatimiz uchun mas’uliyat va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan va undagi barcha ranglarni (irqlarni) qabul qiladigan rahbar.Bizni tizzadan ko‘tarib o‘z ortidan yetaklaydigan va birgalikda o‘zgarishlarni amalga oshiradigan rahbar.

Siz qayerdasiz? Bizlar bu yerdamiz”.

Qoya Jonsonning ushbu murojaatini tez orada 14 mln kishi tomosha qilgan va millionlab odamlar uni qo‘llab quvvatlashini bildirgan.

AQSh politsiya xodimlari namoyishchilar bilan birdamlik belgisi sifatida tiz cho‘kmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Tiz cho‘kkan AQSh politsiyasi - foto

"Kuchli va toza yurakli insonning chiroyli so‘zlari. Janob, siz bizning rahbarimiz bo‘lishingiz kerak. Reygan ham ana shunday qilgan edi. Yana bir aktor prezident bo‘lsa undan ham yaxshi. Sizni va oilangizga va barcha amerikaliklarga eng yaxshi tilaklar bilan", - deb yozgan silenceislost ismli foydalanuvchi.

AQSh qonunchiligiga ko‘ra, faqat amerikada tug‘ilgan fuqaro prezident bo‘lishi mumkin. Undan tashqari nomzod 35 yoshdan katta va so‘nggi 14-yil davomida AQSh hududida yashab kelayotgan bo‘lishi kerak. Tajribaga ko‘ra so‘nggi bir necha o‘n yillarda AQSh prezidenti faqat ikki yirik partiya (Respublikachi va Demokratlar) vakillari orasidan saylanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0