Toshkentda “Do‘stlik – Qo‘yliq” metro yo‘nalishi qurib bitkazildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Sergeliyskoy vetki stolichnogo metropolitena.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Sergeliyskoy vetki stolichnogo metropolitena. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yo‘nalishning uzunligi 11 kilometr.Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan “Do‘stlik – Qo‘yliq” metro liniyasi qurib bitkazildi. Metroning ushbu uchastkasida 7 ta bekat barpo etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Stroitelstvo Sergeliyskoy vetki metro - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdan Nurafshon shahriga metro qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yo‘nalishning uzunligi 11 kilometr.Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat.

Bekatlar 5 ta vagon to‘xtashi uchun mo‘ljallangan. Har bir bekat milliy me’morchilik uslubiga xos tarzda qurildi, ular ko‘rinishi va bezatilishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi.

Metro liniyalarining estakada yo‘nalishida harakatlanadigan zamonaviy va yuqori sifatli, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega vagonlar keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0