Shavkat Mirziyoyev So‘x voqealari haqida gapirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na vstreche s ferganskim aktivom zatronul sobitiya v Soxe
Prezident Shavkat Mirziyoyev na vstreche s ferganskim aktivom zatronul sobitiya v Soxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta So‘x tumanida bo‘lgan voqealarga to‘xtalib, munosabat bildirdi.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Farg‘ona shahrida Shavkat Mirziyoyev viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
So‘x tumani hokimi o‘zgardi

Davlat rahbari xalq bilan ochiqcha gaplashib, muammolarni birgalikda hal etish, odamlarning og‘irini yengil qilish maqsadida kelganini ta’kidladi.

“Men qisqa, sizlar ko‘proq gapirsalaringiz to‘g‘ri bo‘ladi. Maqtov kerak emas. Prezidentga eng katta maqtov bo‘lib bo‘lgan - bu xalq ishonchi. Hali endi birinchi qadamlarni qo‘yapmiz. Kelib, qarsak eshitib ketish mengayam oson. Lekin bundan natija bo‘lmaydi. Tumanlarga o‘zim borishimning sababi - odamlarning yashash sharoitlarini yuragimdan o‘tkazib, aniq choralar ko‘rish, islohotlar uzoq-uzoq joylarda ham natija beraptimi, quyi tizimdagi rahbarlar sadoqat bilan, jon kuydirib ishlayaptimi, degan savollarga javob topish. Har kuni bunday uchrashuv bo‘lmaydi. Achchiq-achchiq masalalarni qat’iy qo‘yinglar,” - dedi prezident.

Davlat rahbari o‘tgan hafta So‘x tumanida bo‘lgan voqealarga ham to‘xtalib, munosabat bildirdi.

“Keyingi yillarda qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh joylardagi ko‘p muammolarni hal qilishga erishdik. So‘xdagi voqealar qirg‘iz xalqi bilan do‘stligimizga, bordi-keldimizga, rejalarimizga ta’sir qilmasligi kerak. Vazmin, sabr-toqatli, mehr-oqibatli bo‘lishimiz zarur. Qo‘shnichilik - ming yilchilik. Xalqlarimiz yelkadosh bo‘lib, bir-birini hurmat qilib yashashi kerak,” - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bosh vazir rahbarligida Hukumat komissiyasi tomonidan muammolar o‘rganilib, keng qamrovli takliflar tayyorlangan. 2020-2022 yillarda So‘x tumanini kompleks rivojlantirishga 500 milliard  so‘m mablag‘ yo‘naltirish belgilangan. 11 ming yangi ish joyi tashkil etish rejalashtirilgan.

Abdulla Aripov v Suxe - Sputnik O‘zbekiston
So‘x aholisi Abdulla Aripovdan nimalarni so‘radi ?

98 ta loyiha amalga oshirilib, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlantiriladi.

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk solig‘idan ozod etilib, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘i stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. 1 ming gektar ekin yerlarida suv ta’minoti yaxshilanadi.

Tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlari, yuqumli kasalliklar shifoxonasi, markaziy shifoxona tibbiy asbob-uskunalar va maxsus reanimobil bilan ta’minlanadi. Maktablar, qishloq vrachlik punktlari, yo‘llar va ijtimoiy obyektlar ta’mirlanadi.

So‘xlik yoshlar uchun vodiy viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilida davlat granti asosida maqsadli ravishda qo‘shimcha 500 ta o‘rin ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0