Rossiya qurol yaratish va ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi. “Armata” platformasiga asoslangan og‘ir piyodalar jangovar mashinasi (BMP) sifatli texnologik jadal oldinga qadamdir. Yangi BMP global qurol bozorida talabga ega bo‘lishi aniq.
O‘rmalovchi platformadagi “Armata” BMPsi piyoda askarlarni yetkazish va oldingi qatorda qo‘shinlarni jangovar qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan. Qurol-yarog‘i, manevrliligi va mudofaa tizimlari T-15 BMPsiga tanklar bilan bir qatorda ishlashga imkon beradi. Biroq, og‘ir BMPning uskunalari joylashinuvi "eng yaqin qarindoshi" - T-14 tankidan farq qiladi. Dvigatel old qismida, o‘rtada - boshqaruv bo‘limi, orqa qismida - desant joylashgan. Qurol va o‘q-dorilar masofadan boshqariladigan mutloq xaydovchisiz minorada joylashgan. BMP T-15 ichki makoni va hayotni qo‘llab-quvvatlash tizimlarini tashkil etish ekipaj va desantga uch kun davomida mashinadan chiqmasdan jangovar vazifalarni bajarishga imkon beradi.
Mashina ekipajning uch a’zosi tomonidan boshqariladi, desant bo‘limida 9 ta to‘liq jihozlangan motoo‘qchi joylashgan (BMP-2 va BMP-3da 7tadan desantchi). BMP T-15 ning o‘lchamlari va massasi (uzunligi - 9,5 m, kengligi - 4,8 m, balandligi - 3,5 m, og‘irligi - 55 tonna). U 2V-12-3A dizel dvigatel bilan jihozlangan, 1500 ot kuchiga ega, 5 metr chuqurlikdagi (tubi bo‘ylab) suv to‘siqlarini yengib o‘tishi mumkin, past-baland yo‘llarda 50 km/soat tezlikda, magistralda esa 75 km/s gacha tezlasha oladi. Safar masofasi - 500 km.
Rossiya armiyasining T-15 “Armata” BMPsiga ehtiyoji juda katta. Yangi jangovar mashina motoo‘qchi qismlarning texnik jihozlanishini sifat jihatidan yaxshilanishini va jang maydonida zirhli transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha yangi tushunchalarni joriy etishni kafolatlaydi. Yagona “Armata” platformasida T-14 BMPsi va T-15 tanklari qo‘shinlarga yetkazib berish sinxron tarzda amalga oshiriladi, chunki ikkala mashina ham integratsiyalashgan holda jangovar harakatlarga mo‘ljallangan.
Noyob xavfsizlik
Dunyoda mavjud bo‘lgan barcha piyodalar jangovar mashinalari dushmanning tankga qarshi vositalariga zaif, ammo bu T-15 BMPga tegishli emas. Xavfsizlik “Armata” oilasining asosiy xususiyatidir. T-15ning muhim konstruktorlik xususiyati – bu ekipaj (komandir, mexanik-xaydovchi va operator) joylashgan zirhli kapsunaning o‘q-dorilar va dvigatel bo‘linmasidan ajralib turishi va ekipaj va desantchilarni minalarga qarshi muljallangan korpusi. T-15ning tankga qarshi qurollarga qarshi ko‘p qatlamli, ko‘p darajali mudofaa tizimi alohida e’tiborga loyiq.
Optiko-elektron bostirish kompleksi va nurlanishni aniqlovchi sensorlar tizimi (dushmanni lazerli nishonga oluvchi yoki dushmanlarni masofasini aniqlovchi) zich aerozolli pardani vujudga keltirishi uchun tutun granatalarini avtomatik ravishda otishga imkon beradi.
Asosiy ishni "Afganit" har tomonlama faol mudofaa tizimi bajaradi - avtomatlashtirilgan tizim dushmanning tanklarga qarshi raketalarini BMPga yaqinlashayotgan paytida aniqlaydi va ularni urib tushiradi (mashina korpusiga tegizmasdan). "Afganit" javob zarbasini berish maqsadida dushman raketasining uchirilishi hududini ham aniqlay oladi.
Agar dushmanning snaradlari "Afganit" mudofaasini yengib o‘tolsa, ishga "Malaxit" dinamik himoya majmuasi tushadi. Ikkala tizim ham T-15ga ishonchli himoya chiziqlarini ta’minlaydi, ammo kompozit va po‘latdan yasalgan asosiy zirhli korpus ham zarbaga dosh bera oladi. Bundan tashqari, mashinada radioelektron kurash vositalari ham mavjud bo‘lib, ular sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi va radiosignallarini bosib turadi va dushmanning snaradlari va raketalarini yo‘ldan uradi. Tubidagi minaga qarshi himoyalanish hatto kuchli fugasning zarba to‘lqinini o‘chirishga qodir. BMPning quvvat tizimining old tomonda joylanishi ekipaj va desant uchun qo‘shimcha himoyani yaratadi.
Dunyoda xavfsizlik nuqtayi nazaridan unga tenglashadigan analog yo‘q. T-15 og‘ir piyodalar jangovar mashinasi Germaniyaning Pumasini (Schützenpanzer Puma) dan ustundir, u hozirda Bundesverdagi "Marder" (Marder) BMPsi o‘rniga qabul qilinmoqda. Faqatgina ba’zi hususiyatlar bo‘yicha Isroilning Namer zirhli mashinasi u bilan raqobatlasha oladi.
Barbod qiluvchi qudrat
Mahalliy mojarolardagi (va shahar janglarida) yangi taktika piyodalar jangovar mashinalarini chidamliroq qilishni talab qildi. Eng so‘nggi Rossiya BMPsi tank zirhiga ega, piyodalarni ishonchli himoyasini ta’minlaydi va deyarli har qanday dushman bilan jangga kirisha oladi. T-15 dala va shahar sharoitida bir xil darajada muvaffaqiyatli harakat qiladi.
T-15 ning asosiy quroli 57 mmli "Kinjal" kesma avtomat zambarakli jangovar moduli va "Ataka T" tankga qarshi raketa tizimi. Boshqaruvchisiz jangovar modul masofadan boshqariladigan aylanma jangovar tizim shaklida yaratilgan. 57 mm tezkor o‘q otadigan qurol 1400 metrgacha bo‘lgan masofada zirhni uruvchi va yuqori portlovchi qismlarga ega bo‘lgan yer va havo nishonlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan. 9M120 “Ataka” tankga qarshi boshqariluvchi raketalar zirhlangan nishonlarga (faol mudofaa tizimli) 10 kmgacha masofada zarba bera oladi. Dushman tirik kuchiga qarshi kurashning qo‘shimcha vositasi - 7,62 mm PKTM pulemotidir. Avtomatlashtirilgan tizim optik lokator yordamida nishonlarni faol va passiv rejimlarda qidirish va kuzatishga qodir. Masalan, niqoblangan snayperlarni aniqlash, bir vaqtning o‘zida ikkita nishonga olish va o‘t ochish.
Ta’kidlash joiz, NATO mamlakatlarining BMP-laridan farqli o‘laroq, T-15 jangovar modullari televizion va infraqizil optik qurilmalar yordamida passiv aniqlashni qo‘llab uchuvchi apparatlar bilan yaqin jangda havoga qarshi mudofaa rejimini ta’minlaydi.
T-15 deyarli barcha quruqlikdagi nishonlarga (shu jumladan tanklarni), hujumchi samolyotlarga, Apache turidagi tankka qarshi vertolotlariga va MQ-1 Predator hujum dronlariga zarba berib urib tushirishi mumkin.
Jangovar integratsiya
Yagona taktik bo‘linmalarni boshqarish tizimida (YeSU TZ) T-15 aniqlangan nishonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa mashinalarga integratsiyalashgan holda uzatishga qodir va yo‘q qilishga nishonlarni qabul qilishi mumkin - qurolga yoki pozitsiyasiga mos. Bu qo‘shinlarni jangovar tashkil etishning sifat jihatidan yangi darajasi.
Shunday qilib, T-15 har qanday dushmanga qarshi tank va motoo‘qchi piyodalar qo‘shinlari tarkibida asosiy ko‘p maqsadli jangovar vosita sifatida - hatto yadroviy qurol yoki boshqa turdagi qirg‘in qurollaridan foydalanish sharoitida ham manevrli jangovar harakatlar olib borishga mo‘ljallangan.
T-15 ning jangovar ma’lumot-boshqaruv tizimining (BIUS) oldingi avlodlarning BMP-lariga nisbatan ancha yuqori darajadagi boshqaruvini ta’minlaydi. BIUS BMP ekipajiga mashina texnik holati to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi va bu ekipajga bevosita jangovar vazifalarni bajarishga imkon beradi.
T-15 BMPsi hind harbiy rahbarlarini mamnun qilgani bejiz emas. Shuningdek, Iroq, Kuvayt, Tailand va Pokiston armiyalari ham so‘nggi BMPlarni sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqdalar. Rossiya o‘nlab mamlakatlarga M2 Bradley BMPsini yetkazib berishni davom ettirayotgan amerikaliklar bilan qurol bozorida ushbu yo‘nalishda muvaffaqiyatli raqobatlashishi mumkin. Rossiya va xorij harbiy ekspertlarning fikriga ko‘ra, T-15 uzoq yillar davomida xorijiy konstruktorlik burolarida taqlid qilish namunasi bo‘lib qoladi.