TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Armata platformasidagi tankni sinovlari bu yil yakunlanishi kerak, dedi sanoat va savdo vazirligi rahbari. Ushbu yangilik Sputnik radiosi efirida harbiy ekspert Viktor Baranes tomonidan baholandi.
Armata platformasidagi tankning davlat sinovlari bu yil yakunlanishi rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov "RIA Novosti" ga bergan intervyusida.
"Sinov natijalariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi ommaviy ishlab chiqarilgan texnikani harbiy qismlarga yetkazib berish muddatlarini belgilaydi", dedi Manturov.
Uning ta’kidlashicha, 2020-yil mahalliy tank qurish sanoati uchun maxsus yil: Rossiya ushbu sanoatning 100-yilligini nishonlaydi.
"1920 yilda birinchi Sovet tanki "Ozodlik uchun kurashuvchi o‘rtoq Lenin" ishlab chiqarildi. Bu yilgi yubiley, ayniqsa, birinchi Sovet tankining chevarasi bo‘lgan "Armata"sinovlari tugashi bilan ayniqsa ramziydir", deya qo‘shimcha qildi vazir.
Sputnik radiosida bu xabarni "Komsomolskaya pravda" gazetasi harbiy sharhlovchisi, iste’fodagi polkovnik Viktor Baranes yaxshi baholadi.
"Bu yaxshi yangilik. So‘nggi oylarda G‘arb "Armata" haqida yomon gaplarni aytmoqda. Agar Manturovning so‘zlari rost bo‘lsa, dunyo Rossiya shunchaki quruq gaplarni ilgari surmasligini ko‘radi, uning T-14 supertanki to‘g‘risidagi so‘zlari haqiqat bilan tengligini ko‘radi. G‘arbda bu noyob tankning turli xil baholari quloqqa chalinadi. Maqtovlar juda ko‘p, nemislar boshlarini ushlashdi va shoshilinch ravishda Armata zirhini buzib o‘tadigan xuddi shunday kalibrli pushka qurishni boshladilar. Ayrim konstruktorlar rossiyaliklar yo‘lidan yurib kapsulali modifikatsiyadagi tankni ishlab chiqishni boshladilar, bu mordifikatsiyada jangovar ekipaj o‘q-dorilardan aloxida o‘rnashgan. Men "Armata"ning eng kuchli dvigateli va osma uskunalarini gapirmasam ham bo‘ladi. Bunda shunday "Afganit" tizimi borki, tank dushman tomonidan o‘qqa tutilganida, bu tizim otilgan snaradga qarata javoban o‘q tutadi yoki trayektoriyasini buzadi", deydi Viktor Baranes.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko "Armata" platformasi asosida yaratilgan T-14 tanki va T-15 piyoda jangovar mashinasini dastlabki sinovlari yakunlangani haqida xabar bergan edi.
T-14 "Armata", urushdan keyingi uchinchi avloddagi dunyoning yagona tanki bo‘lib, dushman bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada jang qilish, boshpanalar va ochiq xududlarda motorlashgan bo‘linmalarni harbiy istehkomlarni va dushmanning tirik kuchini xujumida qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.