Xonobod shahri Farg‘ona vodiysining turizm markaziga aylantiriladi

© GoskomturizmaXanabad stanet turisticheskim sentrom Ferganskoy dolini
Xanabad stanet turisticheskim sentrom Ferganskoy dolini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident topshirig‘iga binoan Andijon viloyatidagi Xonobod shahri Farg‘ona viloyatining turizm markaziga aylantirilmoqda.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. Andijon viloyatidagi Xonobod shahri ichki turizm bo‘yicha Farg‘ona vodiysining turizm markaziga aylantiriladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyevning 21-22 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida ko‘rsatma berilgan edi.

Gostinitsa Uzbekistan v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston" mehmonxonasining davlat ulushi sotildi

Prezident topshrig‘idan kelib chiqqan holda, turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Andijon viloyatidagi qator turizm obyektlari holati bilan tanishdi hamda Xonobod shahri hokimligi, turizm yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar bilan Xonobod shahrini turizm markaziga aylantirish, viloyatda turistik qishloqlarni tashkil qilish hamda ichki turizmni rivojlantirish borasida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hokimlik va tegishli idoralar mas’ullari, turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, turistik obyektlar rahbarlari bilan mavjud muammolar ko‘tarilib, hududda turizmni rivojlantirishga oid taklif va mulohazalar almashildi. Yig‘ilishda sayyohlarni jalb etishga doir jahon tajribasi haqida  so‘z yuritildi hamda mas’ullarga Prezident topshiriqlari ijrosini amalga oshirish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston turistlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda

Shuningdek, pandemiyadan keyingi davrda sayyohlarni qabul qilishga sanitar-gigiyenik tayyorgarligi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitar epidemiologik osoyishtalik agentligi  vakillaridan iborat ishchi guruhlar har bir obyekt sanatoriy, dam olish maskanlari, bolalar lagerlari, kafe va restoranlar, madaniy meros obyektlarida tibbiy xavfsizlik talablari hamda ijtimoiy masofani saqlash ishlarini o‘rganib, tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirmoqda. 

Pandemiya davri tugashi bilan turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yishga oid ishlar Andijon viloyati kesimida ishlash uchun shay holatga keltiriladi va rasman ruxsat berilgan kundan e’tiboran faoliyat yuritishni boshlaydi. Bu esa viloyatdagi 43 ziyorat va madaniy meros obyekti, 5 sanatoriy, 375 kafe, restoran va 125 choyxona faoliyat ko‘rsatishi va asosiysi - 12 mingga yaqin aholining ish o‘rinlari qayta tiklanishini ta’minlaydi.

Ta’kidlash joizki, boshqarma vakillaridan iborat yana bir guruh ayni paytda Xo‘jaobod tumanidagi Imom ota qishlog‘ini turizm qishlog‘iga aylantirish, qo‘shimcha turistik xizmatlarni tashkil etish bilan shug‘ullanmoqda.

© GoskomturizmaXanabad stanet turisticheskim sentrom Ferganskoy dolini
Xonobod shahri Farg‘ona vodiysining turizm markaziga aylantiriladi  - Sputnik O‘zbekiston
Xanabad stanet turisticheskim sentrom Ferganskoy dolini
Yangiliklar lentasi
0