Qirg‘izistonda ham yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi – video

Obuna bo‘lish
So‘nggi paytlarda koronavirus tufayli to‘yni onlayn o‘tkazish urfga kirmoqda. Avvaliga bunday to‘y Qozog‘istonda kuzatilgan edi, endi navbat Qirg‘izistonga yetdi.

Qirg‘izistonlik yoshlar koronavirus belgilangan to‘yni bekor qilishga bahona emas deb o‘ylashdi. Yuliya va Iskandar yaqinlari va do‘stlarining hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun Skype orqali o‘z to‘ylarini o‘tkazishdi va to‘yga 35 kishini taklif qilishga qaror qilishdi.

Yosh kelin-kuyovlarning aytishicha, ular nikohdan o‘tish arizasini qish oyida topshirishgan va to‘yni mart oyining oxiriga belgilashgan.

Dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi xavfi tufayli ular hayotlarining unutilmas onlarini yaqin qarindoshlari va do‘stlarini Skype ijtimoiy tarmog‘ida to‘plab nishonlashdi.

Molodojeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi

“Rejaga binoan bularning barchasi bir soat ichida tugashi kerak edi, lekin “bazm” cho‘zilib ketdi. Tostlar biz mo‘ljallagandan ham uzunroq va samimiy bo‘ldi. Shu bois oqshom biroz cho‘zildi. Turmush o‘rtog‘im bilan hatto ilk raqsimizni ijro etishga muvaffaq bo‘ldik. Bu tostlar, tabriklar va mehribon yaqinlar davrasidagi odatdagi to‘y bo‘ldi”, - deya Sputnik Qirg‘iziston nashriga yoshlar o‘z to‘ylari haqida so‘zlab berishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, to‘y nafaqat qiziqarli, balki kamxarj bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekistonda to‘ylar masalasi qanday?

Kecha AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 2020-yilning 25-martidan boshlab Adliya vazirligi tizimidagi FHDYo bo‘limlarida fuqarolarni qabul qilish xodimlarning navbatchiligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina (tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish) tashkil qilingan darcha orqali amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq Toshkentda belgilangan qat’iy karantin choralarini buzib to‘y marosimini boshlagan fuqarolar ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0