TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. "ROSEKSIMBANK" AJ Oʻzbekiston va Rossiya banklari soʻm va rublda toʻgʻridan-toʻgʻri hisob-kitob qilishi uchun imkoniyat yaratmoqda.Bu haqida Rossiya Eksport markazi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytishigiga koʻra "ROSEKSIMBANK" AJ Rossiya banklari uchun oʻzbek soʻmda yuritiluvchi birinchi korrespondet hisob-raqamlarini ochgan. Bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston banklari uchun rublda yuritiluvchi LORO hisob raqamlari ochilgan.
Rossiya Eksport markazining asosiy vazifasi – Rossiya mahsulotlarini eksport va import qilinishi uchun qulay va keng imkoniyat yaratishdir.
“Tizimli yechimlar yaratish, xalqaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanish – eksportchilarning moliyaviy xavflarini kamaytirishni kafolatlaydi”, - deydi markaz direktori Veronika Nikishina.
Karantingacha boʻlgan davrda Rossiya Eksport markazi vakillari Oʻzbekstonda Rossiya rublida obligatsiya chiqarishdan manfaatdor boʻlgan bir necha emitentlar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ushbu obligatsiyalarni sugʻurtalash haqida kelishib olgan edi. Oʻzbekistonlik emitentlar tomonidan rublda obligatsiya chiqarish Oʻzbekiston iqtisodiga Rossiya rublida sarmoyalar jalb qilish hamda ikki davlat orasida iqtisodiy munosabatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri milliy valyutalarda olib borish uchun turtki boʻladi.
“Ana shunday emissidan birinchisi ushbu yil oxirigacha amalga oshishi kerak. Chunki Oʻzbekiston tomonidan rublda moliyalashtirishga boʻlgan talab oshmoqda. Bunga Rossiya sanoat va savdo vazirligining Rossiyadan yuqori texnologiyali mahsulot eksport qilganda imtiyozli moliyalashtirish dasturi ham oʻz hissasini qoʻshmoqda”, - deydi Rossiya eksporti markazi direktori.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda ROSEKSIMBANK Rossiya kompaniyalari operatsiyalarini Xitoy yuani, Hindiston rupiyasi, qirgʻiz soʻmi, Vengriya forintida amalga oshirmoqda.
REM maʼlumotiga koʻra, 2019 yilda Rossiyaning Oʻzbekistonga eksporti 3,9 mlrd $ni tashkil qilgan. Ushbu mahsulotning 93 % - oʻrmon sanoati mahsulotlari, metallurgiya, mashinasozlik va qishloq xoʻjalik mahsulotlari tashkil qilgan. Yengil avtomobillar, poʻlat prokatib kungaboqar moyi kabi mahsulotlar eksporti sezilarli darajada oʻsgan.