TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Fargʻona viloyatida 2019 yil yakunlari boʻyicha jami 49 168 nafar ishsiz yoshlar roʻyxatga olingan boʻlib, 2020 yilning yanvar-may oylarida 28 mingga yaqini, yaʼni 56% ishsiz yoshlar bandligi taʼminlangan.
Jumaladan, Fargʻona viloyatida 2019 yil yakunlari boʻyicha jami 49 168 nafar ishsiz yoshlar roʻyxatga olingan boʻlib, 2020 yilning yanvar-may oylarida 28 mingga yaqini, yaʼni 56% ishsiz yoshlar bandligi taʼminlangan. Ulardan: 7 900 nafari 1-sektor xissasiga, 7 041 – 2-sektorga, 7 017 – 3-sektorga, 5 857 – 4-sektorga toʻgʻri keladi.
Oʻz navbatida ishsiz yoshlar quyidagi sohalarga jalb etildi. Tadbirkorlik va ishlab chiqarish - 5 405 nafar yosh yigit-qizlar. Ulardan 982 nafari tadbirkorlikka yoʻnaltirilib, 38 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. 1693 nafari – tekstil korxonalarida, 1516 nafari - xususiy sektorda (MCHJ, YATT tashkil etildi), 1214 nafari - boshqa mehnat turlari, yaʼni nonvoylik, chilangarlik, sartaroshlik, kosibchilik, hunarmandchilik va boshqa sohalarda bandligi taʼminlandi.
Bundan tashqari, viloyatdagi 963 nafar ishsiz yoshlar - qurilish sohasiga, 5173 – turli davlat tashkilot va korxonalariga hamda 4 307 nafari - jamoatchilik asosida turi ishlarga jalb etilgan.
Ishsiz yoshlar bandligini taʼminlashda "Har bir yoshga – bir gektar" dasturi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, viloyatning 11 854 nafar yoshlari qishloq xoʻjaligi sohasiga yoʻnaltirilib, 2 643 nafariga 10-30 sotixdan yer ajratib berildi, jami 1 128 gektar. Shulardan 522 gektari adir va tekisliklardan, 606 gektari esa bogʻlar orasidan. Ushbu ajratilgan yer maydonlarining 72 ga - kartoshka, 172 - sabzavot, 189 ga - poliz, 103 ga - dukkakli, 345 ga – mevali daraxtlar, 195 ga – tut va uzum, 52 ga - moyli ekinlar ekildi.
Pandemiya sababli xorijdan qaytib kelgan yoshlarni ham ish bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Joriy yil boshida Fargʻona viloyatida xorijga chiqib ketganlarning soni jami 58 316 kishini tashkil etgan boʻlsa, hozirda 7 902 kishi qaytib kelgan. Shulardan 4 699 nafari oʻtgan davr mobaynida ishga joylashtirildi. Xususan, 1 100 nafari – qishloq xoʻjaligi sohasiga, 380 nafari – xizmat koʻrsatish sohasiga, 219 nafari – jamoatchilik ishlariga va 3 000 nafari – qurilish sohasiga jalb etilgan.
Bu boradagi ishlar prezident Xalq qabulxonalari, sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ishlab chiqilgan manzilli rejalar asosida izchil davom ettirilmoqda.