Infografika

Rang-barang karantin

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayni damda Oʻzbekistonning qaysi tumanlarida qanday karantin choralari amal qilayotganini batafsil infografikamizda tomosha qiling.

Bir necha kun oldin Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi bilan bogʻliq vaziyat qanchalik xavfli ekanini hisobga olgan holda, turli hududlarga turli ranglar berilgan edi.

Xususan eng xavfli hisoblangan “Qizil” hududlarda faqat oziq-ovqat doʻkonlari, rieltor va reklama tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi. 

“Sariq” hududlarda esa "qizil" hududlardagi faoliyat turlari hamda haydovchilarni tayyorlash tashkilotlari va autsorsing asosida davlat tashkilotlariga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi.

“Yashil” hududlarda esa "qizil" va "sariq" hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlari bilan birgalikda sanatoriya va pansionatlar, bolalar dam olish maskanlari, mehmonxonalar, sport sektsiyalari va fitnes zallari faoliyatiga ruxsat berilgan edi. 

Bugungi kunda Oʻzbekistonda amal qilayotgan karantin qoidalari bilan batafsil infografikamizda tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0