Bir necha kun oldin O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyat qanchalik xavfli ekanini hisobga olgan holda, turli hududlarga turli ranglar berilgan edi.
Xususan eng xavfli hisoblangan “Qizil” hududlarda faqat oziq-ovqat do‘konlari, rieltor va reklama tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi.
“Sariq” hududlarda esa "qizil" hududlardagi faoliyat turlari hamda haydovchilarni tayyorlash tashkilotlari va autsorsing asosida davlat tashkilotlariga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi.
“Yashil” hududlarda esa "qizil" va "sariq" hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlari bilan birgalikda sanatoriya va pansionatlar, bolalar dam olish maskanlari, mehmonxonalar, sport seksiyalari va fitnes zallari faoliyatiga ruxsat berilgan edi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda amal qilayotgan karantin qoidalari bilan batafsil infografikamizda tanishing.