Toshkent aholisi orasida yana koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishTestirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yana 39 ta yangi koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlandi. Ulardan 4 tasi Toshkent aholisi orasida aniqlangan.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Tun davomida O‘zbekistonda 39 ta yangi koronavirus holati aniqlandi.

“2020 yil 1-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3662 (+39) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Katalka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusdan 15-bemor vafot etdi

Yangi kasallanish holatlarining 24 tasi karantin markazidagi (Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Qozon shaharlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan kelgan) fuqarolar orasida, 10 tasi Toshkent shahrida (shundan 4 tasi aholi orasida), 1 tasi Namangan viloyatida karantinda bo‘lgan fuqarolar orasida, 2 tasi Sirdaryo viloyatiga, yana 2 tasi esa Rossiyadan Toshkent viloyatiga chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 2837 nafar koronavirusga chalingan (77 foiz) fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda 810 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0