TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusdan 15-o‘lim qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
1957 yilda tug‘ilgan poytaxtlik X. da shu yilning 30-may kuni “Covid-19” aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan.
Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sun’iy nafas oldirish apparatida bo‘lgan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.