TOShKENT, 31-may — Sputnik. “O‘rikzor” savdo majmuasi sotuvchisining o‘g‘li va qizida ham koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari qatori Toshkent shahrida ham aholi orasida koronavirusga chalinganlar soni kun sayin oshib bormoqda.
“Kasallanish ko‘rsatkichlari shu sur’atda o‘sib borsa, epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayadi. Bu esa aholidan yanada hushor bo‘lib, o‘zi va yaqinlari salomatligiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashishlarini talab etmoqda”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi “O‘rikzor” bozoridagi sotuvchilarning birida koronavirus aniqlanganini xabar qilingan edi. Shundan so‘ng bozor o‘sha kunning o‘zida vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan edi.