Toshkentning eng yirik bozorlaridan birida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBazar v Tashkente
Bazar v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Savdo majmuasida epidemiologik surishtiruv ishlarini o‘tkazish hamda kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida savdo ishlari to‘xtatilgan.

TOShKENT, 23-may - Sputnik. "O‘rikzor" savdo majmuasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bozor vaqtinchalik yopildi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. 

Uzbekistan vozvrashayet charternimi reysami zastravshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistondan kelgan ikki nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi - SSV

"Kecha “O‘rikzor“ savdo majmuasi MChJda jami 789 nafar fuqarodan surtmalar olingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur savdo majmuasidagi oziq-ovqat do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi", - deyiladi xabarda.

Ayni paytda ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar o‘rnatilgan tartibda qat’iy karantin kuzatuviga olindi.

Shunga ko‘ra, "O‘rikzor" savdo majmuasida epidemiologik surishtiruv ishlarini o‘tkazish hamda kasallik tarqalishining oldini olish, sanitar tozalash va zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish maqsadida savdo majmuasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 3089 nafarga yetdi. 2492 nafar fuqarolar (81% bemor) butunlay sog‘aygan, 573 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.

Yangiliklar lentasi
0