TOShKENT, 30-may - Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘smirlar o‘rtasidagi intim aloqalar tufayli "ma’naviyatsizlik tobora o‘sib borayotgani" haqida gapirdi. Bu haqda argumenti.ru xabar bergan.
Bundan tashqari, u, erta sodir bo‘ladigan jinsiy aloqalarni davlatga xiyonatga tenglashtirdi. Yosh yigit-qizlarning bu singari o‘zini tutishi "dushmanlarga jamiyatimizni porakanda qilishda qo‘l kelmoqda", deydi KXDR yetakchisi.
New York Post nashrida yozilishicha, Kim Chen In bularning barchasida kapitalizm va pornografiya aybdorligini, aynan shu tufayli o‘smirlar buzilib ketganini qayd etgan.
"So‘nggi vaqtlarda katta sinf o‘quvchilari axloqsiz seksual og‘ishlarda tobora ko‘proq ishtirok etmoqda va Koreya ishchi partiyasi Markaziy qo‘mitasi ularga qarshi qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha direktiva nashr etdi", - deb bayonot qilgan Shimoliy Koreya yetakchisi.
Hujjatga ko‘ra, ota-onalar va maktab rahbariyati "tarbiyasiz yoshlar uchun" javobgar bo‘ladilar.
Kim Chen In "jinsiy axloqsizlik" o‘sishini to‘xtatish yo‘li haqida ham fikr bildirgan. KXDR yetakchisiga ko‘ra, maktab o‘quvchilari ta’qiqlangan materiallar yoki nojoiz saytlarga kirmayotganini nazorat qilish uchun ularning telefonlari yoki boshqa qurilmalarini muntazam tekshirib borish zarur.