TOShKENT, 23-may – Sputnik. Buyuk britaniyalik Mikala Monsun tasodifan internetda intim foto-suratlar saqlangan internet bazaga duch keldi. Bazada qizga tegishli bo‘lgan suratlar ham bo‘lgan. Bu haqda Metro nashri xabar qildi.
Qizlarning suratlari Mega fayl almashish (fayloobmennik) ilovasida saqlangan va ularning ismlari bo‘yicha papkalarga joylashtirilgan. Fayllar mamlakatning yirik shaharlar kesimida taqsimlangan.
23 yoshli Mikala Monsun shu papkalarni ko‘rib chiqib, 17 yoshida tasvirga olingan ko‘plab intim suratlarini topib oladi.
Qiz internet-baza ustidan politsiyaga shikoyat qiladi. Biroq politsiya xodimlari uni ranjitadi. Qiz politsiya xodimlari fayl almashish ilovasi nima ekanligini uzoq vaqt tushuntirishga to‘g‘ri keldi.
Mazkur fayl almashish ilovasi OAVlar e’tiborini tortdi. Jurnalistlarga bergan intervyuda Mega xodimlari o‘zlarining ilovasida qonunni buzadigan fayllarni saqlanishiga yo‘l qo‘ymasligini aytib, ushbu kontentni uchirib tashlashga va’da berdi.
Biroq qizlar foto-suratlari hali ham internetda ochiqligicha qolmoqda.