TOShKENT, 30-may - Sputnik. Buxoro shahrida karantin holatida faoliyat yuritgan oshxona aniqlandi, deb xabar qilmoqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 28-may kuni kechasi Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Buxoro shahridagi kafelardan biri ishlayotgani aniqlangan.
"Kafes ish yurituvchisi H.A. karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, kafeda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida yashovchi fuqarolar G‘.O., U.A., D.H. va M.M. larning ovqatlanishlari uchun sharoit yaratib, ular bilan birgalikda o‘zi spirtli ichimlik ichib, ovqatlanayotganligi aniqlandi", - deyiladi xabarda.
Kafe ish yurituvchisi va mijozlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan.