Kecha va bugun: vaqt Toshkent, Buxoro va Samarqand qiyofasini qanday o‘zgartirdi
Kecha va bugun: vaqt Toshkent, Buxoro va Samarqand qiyofasini qanday o‘zgartirdi
Sputnik O‘zbekiston
Loyiha muallliflari kishini O‘zbekistonning qadimiy shaharlari bo‘ylab sayohat qilishga chorlaydi. Yuz yil oldin muhrlangan Toshkent, Buxoro va Samarqand va ularning... 06.05.2020, Sputnik O‘zbekiston
Loyiha muallliflari kishini O‘zbekistonning qadimiy shaharlari bo‘ylab sayohat qilishga chorlaydi. Yuz yil oldin muhrlangan Toshkent, Buxoro va Samarqand va ularning bugungi qiyofasi kishi ko‘z o‘ngida uyg‘unlashdi.
Loyiha mualliflari o‘tmish va bugun kadrlarini birlashtirib, zavqli uzoq o‘tmishga sayohat qilish imkonini yaratishdi. Ayrim tarixiy obidalarning bir nech yuz yillik qiyofasi sira o‘zgarmagan, boshqalari esa tamoman o‘zgargan.
Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston tarixiga sho‘ng‘ishni va uzoq vaqt davomida shaharlar qanchalik o‘zgarganini taqqoslashni taklif qildi.
Eng ko‘hna madaniy meros obyektlaridan biri Ark qal’asi bo‘lib, u qadimda Buxoro shahrining markazi hisoblangan. Ark qal’asi baland mustahkam peshtoq bilan ulug‘langan. Uning devorlari tevaragida shahriston joylashgan. Shahristonni savdo-hunarmandchilik maskani – rabot qurshab turgan.
Minorai Kalon (Katta Minora) me’morchilikning yorqin namunasi. Me’moriy obidaning qurilishida tosh, maxsus qir qotishmasidan, chorsu pishiq g‘ishtidan, loy, taxta va boshqa bir qator ashyolardan foydalanilgan. Balandligi 50 metr, aylanma eni 9 metr. Minora o‘z davrida muazzin uchun azon aytish joyi vazifasini o‘tagan bo‘lsa, harbiy maqsadlarda esa kuzatuv obyekti ham bo‘lganligi tarixiy manbalarda saqlanib qolgan.
Buxoro shahrining Labi hovuz majmuasining shimolida joylashgan Ko‘kaldosh madrasasi. Madrasaning ikki qavatli bosh tarzi ansambl maydoniga qaratilgan. Peshtoqini bezatib turgan koshinlar saqlanib qolmagan. Madrasa hovlisiga 5 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomoni shundaki, u Labi hovuz ansamblidagi eng katta imorat va Buxoro shahridagi eng katta madrasa hisoblanadi.