O‘zbekiston tashabbusi bilan "Tiklanish yo‘li" xalqaro onlayn turizm konferensiyasi o‘tkaziladi

© Sputnik / Pavel LisisinFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Rossiya, Belorusiya va Moldova davlatlarining turizm administratsiyalari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

TOShKENT, 29-may - Sputnik. 2020-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston tashabbusi bilan Butunjaxon turizm tashkiloti (BTT) boshchiligida koronavirus pandemiyasi ta’siri natijasida turizm sohasiga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish va birdam harakatlanish rejalarini muhokama etish maqsadida "Tiklanish yo‘li" xalqaro onlayn turizm konferensiyasi o‘tkaziladi.

Turisti v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-iyundan ichki turizm qayta tiklanishni boshlaydi 

Bu to‘g‘risida avvalroq O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduxakimov va BTT Bosh kotibi Zurab Pololikashvili o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti davomida kelishib olingan edi.

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Rossiya, Belorusiya va Moldova davlatlarining turizm administratsiyalari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur konferensiya ishtirokchilari COVID-19 pandemiyasining turizm sohasiga bo‘lgan salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha samarali chora-tadbir ishlab chiqish yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashadilar.

Shu bilan birga, mazkur davlatlar hukumatlari tomonidan sayyohlik va turizm sanoatining jadal qayta tiklanishi va rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini birlashtirish yo‘llari, pandemiyadan keyingi davrda turistlar uchun qulay va havfsiz sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, turistlar oqimini yoshartirish va ko‘paytirish ishlarini tizimli tashkil etish  masalalari muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0