O‘zbekistonda 1-iyundan ichki turizm qayta tiklanishni boshlaydi 

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar haqida prezident farmoni qabul qilindi.

TOShKENT, 29-may - Sputnik. O‘zbekistonda 1-iyundan ichki turizm faoliyati qayta tiklanishni boshlaydi. Bu haqida prezidentning 28-may kuni imzolangan  “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida aytib o‘tilgan. 

"Belgilangan sanitariya-gigiyena meyorlari va talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020-yilning 1-iyunidan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizmni qayta yo‘lga qo‘yish bilan birgalikda yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros obyektlari hamda boshqalar) faoliyatini boshlash", - deyilgan farmonda.  

Shuningdek, prezident farmonida turoperatorlar, turagentlar va mehmonxonalar uchun quyidagi imtiyozlar belgilandi:

  • 2020 yil 1-iyundan 31-dekabriga qadar foyda solig‘i stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
  • 2020 va 2021-yil yakunlari bo‘yicha zararlarni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda o‘tkazish huquqi beriladi;
  • 2021 yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
  • Joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘imni to‘lashni 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga soliq organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda to‘lash asosida foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi. 

Undan tashqari, turizm sohasidafaoliyat yurituvchi tashkilotlarga 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar berish nazarda tutilgan. Jumladan turoperatorlarga 2019-yildagi o‘rtacha oylik ish haqi fondining uch baravaridan oshmaydigan miqdorda hamda joylashtirish vositalariga har bir yotoq o‘rni uchun bazaviy  hisoblashning besh baravari miqdorida ssudalar berilishi aytib o‘tilgan.  

 

Yangiliklar lentasi
0