O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqni yoqtirishlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnie seti
Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
HeadHunter o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqlarga munosabati yuzasidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari bilan o‘rtoqlashdi

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. O‘zbekistonliklar orasida eng ommabop bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar va servislar nomlari sanab o‘tildi. Bu haqda HeadHunter tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga munosabat mavzusida o‘tkazilgan so‘rov natijalarida ma’lum bo‘lgan. 

Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
O‘z xotinini ijtimoiy tarmoq orqali haqorat qilgan erkakka jazo beriladi

O‘zbekistonliklar nazdida eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar bular Telegram va YouTube. Instagram, Facebook, VKontakte, Odnoklassniki, Linkedln, Twitter, Snapchatga talab unchalik katta emas.

So‘rovda jami 195 kishi qatnashgan, ularning 63%i erkaklar, 37%i – ayollardir. So‘rovning eng faol ishtirokchilarini 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan respondentlar tashkil etgan.

Respondentlarning 78%i ijtimoiy tarmoqlardan har kuni foydalanishlari ma’lum bo‘lgan. So‘rovda qatnashganlarning 82%i ish bilan band kishilardir. Ular ishdan bo‘sh vaqtlarini oila davrasida o‘tkazishlari, kitob mutolaa qilishlari yoki musiqa tinglashlari haqida aytishgan.

So‘rov qatnashchilarining 41%i ijtimoiy tarmoqlarda umumiy hisobda bir soatdan uch soatgacha, 35%i bir soatcha, 13%i esa uch soatdan ko‘p vaqtni o‘tkazishlari ma’lum bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0