Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilda ishsizlar soni 1,4 million kishini, mehnatga layoqatli aholi orasida 9,4 %ni tashkil qilgan.
Mehnatga muhtoj fuqarolarning eng ko‘p soni Samarqand viloyatida qayd etilgan - 9,8%. Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatilarida ham ishsizlik darajasi yuqori -9,7 %ni tashkil qilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda ishsizlarni to‘lovli asosda jamoat ishlariga jalb qilish, oilaviy tadbirkorlik va uy mehnatini qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesni rivojlantirish hamda tomorqa yerlaridan faol foydalanish kabi choralar asosida aholini qo‘shimcha mehnat bilan ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekistonda ishsizlik haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.