Ishsizlik darajasi qaysi viloyatda yuqori

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yilda mehnatga layoqatli aholi orasida ishsizlik darajasi 9,4 %ni tashkil qilgan. Ishsizlik haqida batafsil infografikamni tomosha qiling.

Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilda ishsizlar soni 1,4 million kishini, mehnatga layoqatli aholi orasida 9,4 %ni tashkil qilgan. 

Mehnatga muhtoj fuqarolarning eng ko‘p soni Samarqand viloyatida qayd etilgan - 9,8%. Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatilarida ham ishsizlik darajasi yuqori -9,7 %ni tashkil qilgan.  

Shuningdek, O‘zbekistonda ishsizlarni to‘lovli asosda jamoat ishlariga jalb qilish, oilaviy tadbirkorlik va uy mehnatini qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesni rivojlantirish hamda tomorqa yerlaridan faol foydalanish kabi choralar asosida aholini qo‘shimcha mehnat bilan ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda. 

O‘zbekistonda ishsizlik haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0