Samarqandda koronavirus bemorlari uchun shifoxona qurilyapti

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishStroiteli
Stroiteli  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu majmuada turli kasalliklar, shu jumladan yuqumli kasallik davolanadi. U yerda davolash va jonlantirish bo‘limlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Samarqandda harbiy shaharcha hududida 100 kishilik karantin shifoxona qurilyapti. Qurilishni bir oy muddat ichida yakunlash rejalashtirilgan. UzA. xabariga asosan.

Samarqand shahri kengaytiriladi - prezident

“Yangi majmuada turli kasalliklar, shu jumladan yuqumli kasalliklar davolanadi. Davolash va jonlantirish bo‘limlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, mazkur hududning o‘zida tibbiyot xodimlari uchun uy-joy qurilmoqda.

Harbiy shaharcha yondosh hududida 1000 kishilik karantin majmua qurilishi boshlangan. 

Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov qurilish vazirligining mas’ul rahbarlari bilan birgalikda obyekt va qurilish loyihasi bilan tanishib, tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi. Kelgusida bu tibbiyot muassasalarini O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshirish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0