MDH hukumat rahbarlari koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi

© Sputnik / Viktor TolochkoFlagi stran uchastnis SNG
Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulla Aripov boshchiligida o‘tadigan majlisda Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlarining turli jabhalardagi hamkorligiga oid 15 ta masala ko‘rib chiqiladi.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. 29-may kuni O‘zbekiston raisligi doirasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
MDH, ShHT va KXShT orasida uch tomonlama hamkorlikning asosi yaratilmoqda

Tadbirda Rossiya hukumati raisi, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Tojikiston bosh vazirlari, Armaniston va Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosarlari, Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etishi kutilmoqda.

Hukumat rahbarlari kengashi majlisi kun tartibiga Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlarining turli jabhalardagi hamkorligiga oid 15 ta masala kiritilgan.

Muzokaralar chog‘ida iqtisodiy, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiniladi hamda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi birgalikdagi sa’y-harakatlar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0