O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 3333 taga yetdi

Obuna bo‘lish
Tun davomida yana 43 kishida koronavirus tasdiqlandi. Yangi holatlar Navoiy, Toshkent shahri va viloyati hamda Namanganda aniqlangan.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirus holati 43 taga ko‘paydi.

“2020 yil 27-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3333 (+43) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Yangi kasallanish holatlarining 31 tasi Navoiy viloyatidan, 6 tasi Toshkent viloyatidan, 4 tasi Toshkent shahridan hamda 2 tasi Namangan viloyatida aniqlangan.

Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun gumonlanib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 2636 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

683 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. Kecha o‘n to‘rtinchi bemor vafot etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0