TOShKENT, 27-may — Sputnik. ODKBga a’zo davlatlar 2021-yilda Tojikistonda keng ko‘lamli harbiy mashq o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ODKB bosh kotibi Stanislav Zas ma’lum qildi.
"Kelgusi yilda Tojikistonda ODKB davlatlari kuchlari bilan keng ko‘lamli mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, u yerda chegara mojarosida harakat qilish mashqlarini bajaramiz", - dedi u.
ODKB bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, ODKB ayni vaqtda tojik-afg‘on chegarasida terrorchi guruhlar, jumladan IShID (Rossiyada taqiqlangan) faolligi oshayotganini qayd etdi.
Shu munosabat bilan ODKB hozirda bu hududda chegaralarni mustahkamlash bo‘yicha turli choralarni ko‘rmoqda. ODKB chegara muammosiga jalb qilish maqsadida BMT va YeXHT bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Tojikistonda ODKB davlatlarining "Buzilmas birodarlik" mashqlari o‘tkazilgandi. ODKBning tinchlikparvar kuchlari qochqinlar lageri nazorat-o‘tkazish punktiga shartli guruhlar tomonidan qilingan hujumni qaytarishdi.
Tojikistonda oxirgi marta mashq Afg‘onistonda terroristlarning faolligi oshgani sababli o‘tkazilgandi.