TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ShHT sammitini kuz mavsumiga ko‘chirishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya prezidentiga yaqin bo‘lgan manbaaga asosan.
ShHT sammiti 22-23 iyul kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Barcha mamlakatlarda muvaffaqiyatli hal qilinmagan epidmiologik vaziyat tufayli uni kuzga ko‘chirishga qaror qilindi, - deyilgan xabarda.
"Sammitni videoaloqa orqali o‘tkazish nazarda tutilmagan, batafsil fikr almashib olish uchun yuzma-yuz uchrashuv kerak", - deyilgan xabarda.
JST 11-mart kuni umumjahon koronavirus pndemiyasini e’lon qilgan edi. Bugungi kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5,4 million kishiga yaqinlashmoqda, ulardan 343 ming nafari vafot etgan.