Virusolog COVID-19ga qarshi vaksina sinovi qanday o‘tayotgani haqida so‘zlab berdi

© Foto : iz lichnogo arxiva Anatoliya Alshteyn Anatoliy Alshteyn
Anatoliy Alshteyn  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Virusolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoliy Altshteyn Sputnik radiosi efirida COVID-19ga qarshi vaksina sinovi qanday o‘tishi xususida so‘zlab berdi.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining N. F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi xodimlari o‘zlarida COVID-19ga qarshi vaksinani sinab ko‘rishdi. Bu haqda markaz direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qilgan edi.

Sotrudnik v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Kimlar birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanadi - virusolog javobi

Virusolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoliy Altshteynning Sputnik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, vaksinani uni yaratuvchilar tomonidan o‘zlarida sinab ko‘rilishi normal holat sanaladi.

“Vaksina ishlab chiqarilmoqda va ishlanmaning katta qismi allaqachon yakunlangan. U hayvonlarda sinab ko‘rildi. Vaksina yaratuvchilari uni o‘zlarida sinab ko‘rishlari bu normal holatdir. Bu hech qanday tartib nazarda tutilmagan, bu shunchaki etika odati”, - deydi u.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyotda yangi vaksina yaratish bu kamdan-kam kuzatiladigan hodisa. Xatarlarni baholash bu kabi vaksinalarni odamlarda qo‘llash tajribasiga va hayvonlarda sinalgan natijalariga bog‘liq. Ushbu turdagi vaksinalar haqida bilimlar yaratuvchilarga bu sinovlarni minimal xavf bilan amalga oshirishga imkon bergan.

Yangiliklar lentasi
0