Pentagon biolaboratoriyalari Rossiya va Xitoy biqinida joylashgan — RF TIV rahbari

© AFP 2023 / DANIEL SLIMShtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh o‘zining butun dunyodagi harbiy biologik faolligining shaffofligini ta’minlashni istamayapti, deb qayd etdi Rossiya tashqi ishlar vaziri

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Aksariyati Pentagon shafeligida tashkil topgan amerika biolaboratoriyalari Rossiya chegaralari perimetri va Xitoy chegaralari yaqinida joylashgan, deb bayonot qildi RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Brifing Ministerstva oboroni RF po bioorujiyu - Sputnik O‘zbekiston
Onishenko MDHdagi AQSh biolaboratoriyalari haqida: asosiysi mediklarni harbiylardan farqlash

"Biz bir emas, bir necha bor biologik laboratoriyalarni tashkil qilish va rivojlantirish holatiga e’tiborni jalb qilganmiz. Ularning aksariyati - Pentagon shafeligida tashkil qilinmoqda va butun dunyo bo‘ylab mavjud, shu jumladan ShHT hududida, sobiq ittifoq davlatlarida. Va bu laboratoriyalar RF chegaralari perimetri, xususan, XXR chegaralari yaqinida zich ravishda shakllantirilmoqda", — dedi Lavrov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar TIV rahbarlari yig‘ilishi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn-brifing davomida.

Tadbir videoanjuman formatida o‘tkazildi.

Vazir shuningdek, 2001-yildan buyog‘iga Rossiya boshqa aksariyat davlatlar qatorida, xususan, XXR bilan ham, biologik va toksinli  qurollarni ta’qiqlash bo‘yicha konvensiyaga bayonnoma tayyorlash to‘g‘risidagi shartnomani qo‘llab-quvvatlab kelayotgani va bu esa ushbu konvensiyada ishtirok etayotgan mamlakatlarning biologik qurol ishlab chiqarmaslik majburiyatlarining muvofiqligini va ularni tekshirish mexanizmini yaratishga imkon berishini qayd etdi.

"Bu taklifga faqatgina Amerika Qo‘shma Shtatlari keskin qarshi chiqmoqda. Albatta, bu muammo hozir ziddiy tus olgan", - dedi Lavrov.

Uning aytishicha, AQShning dunyoning turli mintaqalarida o‘z harbiy-biologik faoliyatining shaffofligini ta’minlashni istamayotgani "tabiiyki aslida u yerda nimalar ro‘y berayotgani va qanday maqsadlarda ishlayotgani haqidagi savollarni paydo qiladi".

Yangiliklar lentasi
0