O‘zbekistonda koronavirus: 25-may asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki odevayut sredstva individualnoy zashiti pered vxodom v "krasnuyu zonu"
Meditsinskie rabotniki odevayut sredstva individualnoy zashiti pered vxodom v krasnuyu zonu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida respublika bo‘ylab 42 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 81,7 foiz.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikada koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xabarlarni to‘pladi.

Bir sutka davomida 39 kishida koronavirus aniqlandi, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 189 nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 42 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni  2 607 nafar. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 81,7 foiz.

Vrach Klinicheskogo meditsinskogo sentra podpisivayet probirki s obrazsami biomaterialov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi “Ipoteka bank” xodimida koronavirus aniqlandi

Ayni paytda 569 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Yana bir xavfli hudud

Toshkent viloyatining Parkent tumaniga kirish va chiqish, tuman ichida harakatlanish cheklandi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi chora sifatida, Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi. Tuman hududini xavfli infeksiyadan batamom tozalashda tuman hokimligi, SEOM, IIB, harbiylar va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Budjet

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus bilan kasallangan bemorlarga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumot berdi. Xususan, davolangan 2492 nafar bemorga 80,491 mln so‘m sarflangan. Shuningdek, karantinga olinganlarga sarflangan mablag‘ ham ko‘rsatilgan.

Sobachya rabota: v Irane jivotnix uchat opredelyat zarajennix koronavirusom lyudey - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning hidi bormi? Eronda itlar koronavirusni aniqlashga o‘rgatilmoqda

“Ipoteka bank” xodimida koronavirus

Toshkendagi “Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Xodim bilan yaqin aloqada bo‘lgan 25 nafar xodimlar karantinga olingan.

Vatandoshlarga yordam

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya hududida bo‘lib turgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator tadbirlarni amalga oshirmoqda. 25-martdan 23-mayga qadar Moskva shahri xostellarida og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarining yashashi va ovqatlanishi to‘lab berildi. Bu maqsadlarga 5,7 mln rubl sarflandi.

Mingdan ortiq talabaga oziq-ovqat yetkazib berildi. Elchixonaga yordam so‘rab murojaat qilgan moddiy qiyin ahvolda qolgan 217 ta oila 2 haftalik oziq-ovqat bilan ta’minlandi.

Insonparvarlik yordami

Seuldagi O‘zbekiston elchixonasi Janubiy Koreya kompaniyasi Suwan TPL ko‘magida O‘zbekistonga sal kam ikki tonna insonparvarlik yordamini yubordi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ehtiyojlari uchun Seuldagi diplomatik vakolatxonasi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yuqori texnologiyali tibbiy uskunalar: shpris nasoslari, ko‘chma rentgen apparatlari va boshqa zarur vositalar ko‘rinishidagi insonparvarlik yordamini faol jalb etishda davom etmoqda.

Keyingi yuk charter reysini tashkil etish bilan umumiy og‘irligi 17 tonna bo‘lgan 135 ming dollardan ortiq insonparvarlik yukining qolgan qismi yuboriladi.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,4 milliondan oshdi, 345 ming kishi vafot etdi. Qariyib 2,2 million kishi sog‘aydi.

 

Yangiliklar lentasi
0