Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyati chegara bojxona posti xodimida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishPriziv na voyennuyu slujbu v gorodax Rossii
Priziv na voyennuyu slujbu v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi soatlarda O‘zbekistonda 16 kishida koronavirus tasdiqlandi. Jumladan, ikki nafar chegara bojxona posti xodimlarida, ikki nafar ukrainalik haydovchida aniqlandi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq yana 16 yangi holat qayd etildi.

“2020 yil 25-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3180 (+16) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Sotrudnik v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada COVID-19ga qarshi samarali dori paydo bo‘ldi

Yangi kasallanish holatlarining 4 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan. Ulardan 3 tasi xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchilari (ulardan 2 nafari ukrainalik), 1 tasi chegara bojxona posti xodimida aniqlangan.

5 tasi esa Samarqand viloyatida aniqlangan. Ularning 4 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib yuqtirgan. 1 tasi esa aholi orasida aniqlangan. Hozirda epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, yana 1 ta holat Toshkent viloyatida chegara bojxona posti xodimida aniqlangan. Qolgan 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi.

Ayni paytda mamlakatda 2565 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda 602 nafar bemor davolanmoqda. 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.

Yangiliklar lentasi
0