O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 3150 taga yetdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi soatlarda yana 18 kishida koronavirus tasdiqlandi. Ulardan sakkiztasi poytaxt aholisi orasida aniqlangan.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston yana 18 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi.

“Joriy yil 24-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3150 (+18) nafarni tashkil qilmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Mujchina rabotayet s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi

Yangi kasallanish holatlarining  5 tasi xorijdan kelgan, yana 4 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.

8 ta holat poytaxtda, 1 ta holat esa Namangan viloyatida aholi orasida aniqlangan. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda mamlakatda 2565 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda 572 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0