TOShKENT, 24-may — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi OAVda tarqalgan qo‘mitaning ikki xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlaganligi haqida xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, koronavirus xabarda aytilganidek, DSQ markaziy apparati bo‘lim boshlig‘i va uning haydovchisida emas, balki DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi xodimida aniqlangan bo‘lib, markaz poytaxtning boshqa tumanida joylashgan.
“DSQ xodimlari infeksiya aniqlangan odam bilan aloqada bo‘lishlari mumkinligini hisobga olib, koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda”, - deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, DSQda ish jarayoni karantin standartlariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.