Soliq xizmati xodimlari qarzdorlarni GPS orqali aniqlashi mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPortativniy losmanskiy navigator na baze sistemi "Glonass"
Portativniy losmanskiy navigator na baze sistemi Glonass - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorligi bor shaxslarni GPS orqali aniqlash imkoniyati yaratildi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekistonda Soliqlarni avtomatlashtirilgan yig‘ish tizimi (SAYT) joriy etilmoqda. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mujchina rabotayet s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi

Qayd etilishicha, ushbu loyiha 2019-yilda Namangan viloyatida sinov tariqasida joriy etilgan.  Hokimiyat organlari tomonidan mahalliy budjetlarning oshirib bajarilgan qismidan 1 959 dona terminal sotib olish uchun 8,4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

SAYT dasturi orqali soliq to‘lovchiga berilgan chek odatdagidan farq qiladi. Unda soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar, shuningdek, soliq xizmati organi xodimining ma’lumotlari mavjud bo‘ladi va soliq to‘lovchining mobil telefon raqamiga soliq to‘lovi amalga oshirilganligi to‘g‘risida SMS xabar ham boradi.

“Bundan tashqari, inspektor hududidagi mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorligi mavjud jismoniy shaxslarni navigator tizimi (GPS) orqali aniqlash imkoniyati yaratilgan”, - deyilgan xabarda.

SAYT terminallarini ishlatishning keyingi bosqichida hujjatsiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar, kadastri mavjud bo‘lmagan obyektlar va ijara shartnomasi tuzmagan shaxslarning elektron ro‘yxatini shakllantirib, qonuniy ishlashga o‘tishini nazorat qilish moduli ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, SAYT tizimi respublikaning barcha hududlarida to‘liq joriy etilishi 2020-yilda mahalliy soliqlardan qo‘shimcha 285 milliard so‘m mablag‘ tushirish imkoniyatini beradi. Bu esa terminallar uchun sarflangan mablag‘larga nisbatan 35 baravarga ko‘pdir.

Yangiliklar lentasi
0