Tojikistonlik yosh olim “korona”ga qarshi dori ixtiro qilmoqchi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa laboratorii epidemiologii i mikrobiologii
Sotrudnitsa laboratorii epidemiologii i mikrobiologii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Doktor Buyuk Britaniyadagi Oksford universiteti laboratoriyasi bilan birgalikda medikamentoz vositani ixtiro qilmoqda.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Doktor Bobodjon Nazarov koronavirusga qarshi preparatni tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda. Bu haqda "Express" nashri xabar qildi.

 Sotrudnik Afganskoy natsionalnoy slujbi zakupok vo vremya dezinfeksii ulis v Kabule, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19: O‘zbekiston va dunyoda koronavirus statistikasi

Doktor Bobojon Nazarov Oksford universiteti bitiruvchisi, Latus Therapeutics notijorat kompaniyasining asoschisi. Tojikistonda tug‘ilgan va o‘sgan.

Tadqiqot Oksford universiteti laboratoriyada amalga oshirilmoqda.  Dorilarning ikki turi ishlab chiqilmoqda: tabletka va tomirga qo‘yish preparati.

Yosh mutaxassis preparatning boshqa dori-darmonlardan asosiy farqi aytdi. Ya’ni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng undan darhol foydalanish mumkin. Axir ishlab chiqilayotgan dorilar " ilgarilab ketish" ishlaydi, koronavirusdan himoya qilish, mavjud davolash usullari va tayorlanadigan vaksina esa kasallikka chalinganib bo‘lgan odamlarni davolaydi.

Preparatning ishlash prinsipi oddiy: koronavirusning tarqalishi va inson o‘pkasini ishdan chiqaradigan TMPRSS2 oqsilini blokirovka qilish.

"Bu oqsil xona eshigini ochadigan kalitga o‘xshaydi va dori bu jarayonni to‘xtatish uchun mo‘ljallangan", - deya tushuntirdi doktor Nazarov.

Nazarov oyning oxirida COVID-19ga ijobiy natijasi bo‘lgan bemorlarda sinov o‘tkazishni boshlashga umid qilmoqda.

Sinov ishtirokchilari dori-darmonlarga qo‘shimcha ravishda muntazam koronavirus testlarini olishadi. Ularning rivojlanishi standart yordamni oladiganlar bilan taqqoslanadi. Bemorlar doimiy ravishda tekshirib turiladi. Latus Therapeutics hozirda mamlakatning turli burchaklaridan bu kasallik uchun ijobiy test o‘tkazgan 500 bemor ishtirok etadigan sinov  jarayonini boshlash uchun hujjatlarni tayyorlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0